Uz
Har kuni 10:00 — 19:00 gacha, sotuv ofisi ishlaydi
biz haqimizda
«Muhtasham Qurilish» kompaniyasi — 2020-yildan buyon Toshkentda ishonchli va sifatli qurilishi bilan faoliyat olib bormoqda. Biz uchun har bir loyiha — oddiy bino emas, balki baxtli hayot uchun poydevor.

Bugungi kungacha 5 ta yirik loyiha ustida ishladik, ularning 4 tasi egalariga topshirilgan.

«Muhtasham Qurilish» — bu shunchaki uy qurmaydi, baxt, quvonch va oila uchun haqiqiy yangi hayot
maskani quradi!

Har bir loyihamizda inson uchun qulaylik, xavfsizlik va estetikani birlashtiramiz. Biz bilan siz faqatgina uy emas, balki mustahkam va muhtasham farovon kelajakni tanlaysiz!
Nimalarga erishdik?
Butun umrlik uylar
1 000 dan ortiq baxtli oila
5 yillik tajriba
Mijozlarning ishonchi
5 ta yirik loyiha
Loyihalarimizga bir nazar
Sabzavot City
9 gektarlik keng ko‘lamli loyiha. 1 625 ta xonadonli turar joy kompleksi hisoblanadi. Qurilish bosqichma-bosqich: 2026-y, 1-chorak — 2028-yil birinchi qismida topshiriladi. 24/7 qo‘riqlash xizmati, bolalar bog‘chasi, turli do'konlar, bepul avtoturargoh, 3 gektarlik yashil maydon mavjud bo'ladi
Muhtasham kottejlar
Bu uylar 2024-yil fevral oyida yakunlangan. Yopiq va xavfsiz hududdagi 32 ta ikki qavatli kottej bunyod etilib, egalariga topshirilgan. 1 gektarlik yashil zona, bolalar maydonchasi — tinchlik va osoyishtalikni qadrlovchilar uchun ideal tanlov bo'lgan
Biznes Markaz
Biznes markaz topshirilishi 2025-yilning oxiriga rejalashtirilgan. 9 qavatli zamonaviy ofis binosida biznes egalariga barcha qulayliklar taqdim etiladi. Bino kichik halqa yo‘li, Chilonzor metrosi, vokzal va boshqa zarur xizmatlar bilan qulay joylashuvda hisoblanadi
Muhtasham TJM
2023-yil avgust oyida foydalanishga topshirilgan ushbu majmuada 250 ta xonadon mavjud. Majmua Minor metro bekati, maktab va bog‘chalar yaqinida joylashgan. Hayot uchun kerakli barcha qulayliklar 500 metr radiusda hisoblanadi
Hasanboy Majmuasi
2023-yilning may oyida topshirilgan majmua 50 sotixlik maydonda bunyod etilgan. U yerda hozir 15 ta oila istiqomat qiladi. Toshkent shahridagi majmuada bir qator qulayliklar, to‘liq kommunikatsiya mavjud. Keng va yorug‘ xonalarda esa mijozlar baxtli yashamoqda
Toshkent sh. Oromgoh 1-tor ko‘chasi, 20
© 2025 muhtasham, Inc. All rights reserved
Har kuni 10:00 — 19:00 gacha, sotuv ofisi ishlaydi
Made on
Tilda